TO'YDAGI MEHMON
Siz hoynahoy, uni payqamasdingiz; qolgan ikki yuz nafar mehmonlardan hech biri unga e'tibor bermasdi. U xonaning uzoq burchagidagi stolda yakka o'zi o'tirardi, yigit o'ttiz yoshlarda, bo'ylari, gavda tuzilishi va ko'rinishi o'rtacha, xonadagi boshqa ko'pchilik erkaklar kabi qora smoking kiygandi.
Lekin yolg'iz o'tirgani bois o'ziga boshqalardan juda ajralib turgandek tuyulardi. Taom yeyish chog'i uning stoli atrofida o'tirgan mehmonlar endi raqsga tushishardi, yigit esa tabiatan ancha uyatchan edi va bu yerga bir o'zi, biron qizsiz kelgandi, u stol yonida qolishga va kechani kuzatishga ahd qildi.
Bu bar qanday o'lchovlarga ko'ra, mablag' ayamay tashkil etilgan juda zo'r tantana edi. Shampanli kokteyldan keyin olti xil taom tortildi. Taomlar orasidagi tanaffus chog'ida mehmonlar yetti musiqachidan iborat jaz ansamblining quvnoq musiqasi ostida raqsga tushardilar. Joyning o'zi ham anchayin ajabtovur - shahar markazidagi eng zo'r mehmonxonalardan biri - "Qirollar ziyofat zali" edi. Baribir, shunday qoyilmaqomliklarning barchasiga qaramay, yigitcha bo'layotgan hodisalardan shodlanmasdi. U hech qachon unchalik kirishimli bo'lmagan va ko'ngilxushlik qilishni, bir xonada ikki yuzta notanish kishilar bilan bo'lishdan ko'ra, o'zicha boshqacha tasavvur etardi. Xonadagi u tanigan yagona inson bir necha yil ko'rishmagan, hozir kuyovlik libosidagi eski og'aynisi edi. U hatto, umuman, bu yerga taklif etilganidan hayron bo'lgandi.
Yigit do'stiga qatadi. U qaylig'ini bag'riga bosgancha raqsga tushardi. Ular birgalikda shunchalik baxhtiyor ko'rinardilarki, yigitchaning ularga havasi keldi va o'zi bilan ham qachonlardir shunday bo'larmikan, deya o'ziga o'zi savol berdi.    "Nimaga shunday bo'lib chiqadi, - o'yladi u o'zicha, - boshqalar uylanadi, oilali va bola-chaqali bo'lishadi, men esa biron qiz bilan munosabatlarni bir necha oydan oshiq tutib turolmayman?". Uchrashib turishi mumkin bo'lgan qizlarni topish unga qiyin emasdi - muammo umri bo'yi birgalikda yashashni istagan o'sha yagona ayolni topishda edi.
Ba'zan shu haqdagi fikrning o'zi uni tushkun-likka solardi. Xayolida agar u uzoq va muhim munosabatlar qurishga layoqatli emas ekan, demak, chamasi o'zi bilan nimadir joyida emasday degan fikrlar charx urardi.
Gohida esa o'ziga shunchaki omadim yurish-mayapti, derdi. Balki o'rtoqlari aytganidek, bular-ning barchasi - tasodifiy ishdir. Muhabbat yulduz-lar tomonidan yoki bitilgan, yoki yo'q. Azaldan bitilganni o'zgartirish uchun hech nima qilishning iloji yo'q - u bir kuni yo keladi, yoki yo'q.
Ikki yil ilgari faqat bir voqea bo'lgan, o'shanda u rostakamiga sevib qolgandek ko'ringandi, lekin hatto shu kechmish ham atigi uch oy davom etdi. O'shanda unga taskin berishning hech iloji bo'lmadi. u butkul tushkun ahvolda qoldi. bir necha hafta ovqat ham yeyolmadi. uxlolmadi ham. Shu voqeadan keyin u hech kimga va hech qachon o'zni bunchalik qiynashga yo'l  qo'ymaslikka qatiy ahd qildi.
 Xonadagi hamma juftlarni kuzatib o'tirarfkan, - ba'zilar qo'l ushlashib o'tirishar va kulishar, boshqalari raqs tushib va qo'shiq aytishar - u o'ziga yaxshisi bo'ydoq qolganim ma'qul, dedi. Axir, haqiqatda munosabatlarning davomli bo'lishi tez-tez uchraydimi? Oancha odamlar birga qoladilar? Agar u bo'ydoqligicha qolsa, jilla qursa, ajralish va yo'qotish alamini totishga to'g'ri kelmaydi. Uning mustaqilligi o'zida, u erkin, qayga va qachon xohlasa borishi mumkin.
Lekin xonani nigohi bilan kuzatib chiqqan yigit fikrlari yo'nalishini alg'ov-dalg'ov qilib yuborgan, bu unga muhabbatning borligini, uzoq davom etuvchi va haqiqiy sevgi munosabatiari baribir mavjudligini eslatgan narsani ko'rib qoldi - raqs maydonchasi markazida keksayib qolgan juftlik bor edi, ular bir-birini bag'riga bosgancha raqsga tushishar va bir-birlarining ko'zlariga boqqancha jilmayishardi. Ularning qanday raqs tushayotganini kuzatar ekan, u o'ziga o'zi savol berdi: balki, qandaydir mo'jiza ro'y berib, qaydadir uni kutayotgan malak bordir?